Turkiya Venesuelada ro’y berayotgan hodisalardan xavotirda...

“Afsuski, oxirgi paytlarda ayniqsa, ba’zi Lotin Amerika davlatlari va AQSh Venesuelaning ichki ishlariga to’xtovsiz aralashib kelmoqda”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

1132438
Turkiya Venesuelada ro’y berayotgan hodisalardan xavotirda...

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Venesuelada ro’y berayotgan hodisalardan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

“Afsuski, oxirgi paytlarda ayniqsa ba’zi Lotin Amerika davlatlari va AQSh Venesuelaning ichki ishlariga to’xtovsiz aralashib kelmoqda”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

Uning ta’kidlashicha, Venesuela tabiiy boyliklar jihatidan dunyoning eng chiroyli mamlakatlaridan biridir. Biroq, bugungacha o’sha boyliklardan samarali foydalanish bo’yicha orqada qoldi.

Hozirda mamlakatda ro’y berayotgan hodisalar jiddiy xavotirga sabab bo’layotganligini tilga olgan Mavlud Chavushog’li, Turkiya bu qiyin kunida Venesuelani qo’llab quvvatlashga bel bog’laganligini ma’lum qildi.

“Bir tomondan xalq tomonidan saylangan prezident bor, bir tomondan esa muxolif parlament rahbari o’zini davlat rahbari deb e’lon qilmoqda. Bu juda ajoyib voqea. Bir davlatning prezidenti qanday saylanishi barchamizga ma’lum. Kulgilisi shuki, ba’zi davlatlar buni tan oldi. Aslida, bu vaziyatning o’zi siyosiy bo’xronni keltirib chiqarishi mumkin”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Uning so’zlariga ko’ra, kecha oqshom Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qo’ng’iroq qilib, vaziyat haqida ma’lumot oldi.

Shu bilan birga, prezident Erdo’g’an Maduroni qo’llab quvvatlar ekan, unga ruhiy tasalli berdi.

“Umid qilamizki, Venesuela xotirjamlik bilan ichki tinchlikni saqlab qolgan holda bu qiyinchilikni yengib o’tadi. Aks holda, juda ayanchli voqealar kuzatilishi mumkin. Bundan xavotirdamiz. Turkiya sifatida qo’limizdan kelgancha yordam berishga harakat qilamiz”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li.

 



Aloqador xabarlar