Erdo'g’an, “Trumpning Suriya tuproqlaridan chiqishda qanchalik qarorli ekanligini ko’rdim”.

Erdo'g’an, “AQSh Prezidenti Donald Trumpning Suriya tuproqlaridan chiqishda qanchalik qarorli ekanligini ko’rdim” degan holda, oxirgi terror harakati oldida ortga tisarilmasligiga ishonch hosil qilganligini qayd etdi.

1127374
Erdo'g’an, “Trumpning Suriya tuproqlaridan chiqishda qanchalik qarorli ekanligini ko’rdim”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Suriyaning Manbij shahrida uyushtirilgan hujum oqibatida 20 kishining jon berganligini qayd etdi. Ma’lum qilinishicha jon berganlardan 5 nafari Amerika Qo’shma Shtatlari askarlaridandir.

Prezident Erdo'g’an amaliy tashrif bilan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Xorvatiya Prezidenti Kolinda Grabar Kitarovich bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Manbijdagi hujumning, AQShning Suriyadan chiqish haqidagi qaroriga ta’sir qilish maqsadida uyushtirilgan bo’lishi mumkinligini belgilab o’tdi.

Erdo'g’an, “AQSh Prezidenti Donald Trumpning Suriya tuproqlaridan chiqishda qanchalik qarorli ekanligini ko’rdim” degan holda, oxirgi terror harakati oldida ortga tisarilmasligiga ishonch hosil qilganligini, aks holda buning “DEASh terror tashkiloti g’alaba qozondi” degan ma’noni anglatishini aytdi.

Prezident Erdo'g’an,

“DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borishdan charchamaymiz. Chunki biz DEAShni u yerdan yo’q qilamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.



Aloqador xabarlar