Turkiyaning do’stlik ko’prigi 2-qism

TIKA bugungacha xorijda amalga oshirilgan 25 mingga yaqin grant loyihalar asosida shifoxonalar, maktablar va yo’llar insho etib, yuz minglab mazlumning ehtiyojini qondirdi.

1123263
Turkiyaning do’stlik ko’prigi 2-qism

 

“Turkiyaning do’stlik ko’prigi” nomli dasturimizning navbatdagi sonida yana uchrashib turibmiz.

Dunyo miqyosida bir qator davlat va mintaqada turli ijtimoiy-madaniy loyihalarni amalga oshirayotgan Yunus Emre instituti, Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi, Turk qizil yârim oy jamiyati va TIKA (Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi) kabi tashkilotlar haqida ma’lumot berib boriladigan dasturimizning bugungi sonida yana TIKA haqida ma’lumot beramiz.

 

TIKA qanday faoliyatlarni amalga oshirmoqda?

 

TIKA dunyoning eng chekka burchaklariga qadar gumanitar yordam yetkazgan holda, Turkiyaning insonparvarlik ruhini va vijdoniy majburiyatini to’la-to’kis ado etmoqda.

Shu bilan birga, O’rta Osiyodan Bolqonlargacha, Afrikadan Lotin Amerika va Janubiy Osiyogacha bo’lgan bepoyon mintaqada iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohada ko’plab loyihalarni amalga oshirgan holda, Turkiyaning tajribasini do’st va qardosh davlatlar bilan baham ko’rmoqda.

TIKA bugungacha xorijda amalga oshirilgan 25 mingga yaqin grant loyihalar asosida shifoxonalar, maktablar va yo’llar insho etib, yuz minglab mazlumning ehtiyojini qondirdi. Ayni paytda, Turkiyaning ushbu mamlakatlar bilan bo’lgan do’stona munosabatlarining mustahkamlanishiga va aloqalarni mavjud salohiyatiga yarashadigan bosqichga olib chiqishga hissa qo’shmoqda.

Amalga oshirilgan loyihalar ta’lim-tarbiya, salomatlik, turar-joy, onalar va bolalar salomatligi, qishloq-xo’jaligi va chorvadorchilik, transport, ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash, suv-sanitariya kabi ko’plab sohalarni o’z ichiga olmoqda.

Ushbu loyihalar asosida do’st davlatlarning o’z manbalaridan unumli foydalanishiga zamin yaratish va kelajakda adolatli hamkorlikka tayangan do’stona munosabatlarni takomillashtirish maqsad qilingan.

Oxirgi 3 yilda (2015-2017) Bolqonlardan O’rta Osiyogacha, Yaqin sharqdan Afrikagacha bo’lgan bepoyon mintaqada 250ga yaqin mushtarak madaniy va tarixiy meroslar TIKA tomonidan qayta ta’mirlandi.

Ta’kidlash joizki, Somali, Falastin, Sudan, Pokiston, Qirg’iziston, Moldova va boshqa ko’plab mamlakatlarda TIKA tomonidan insho etilgan shifoxonalarda yuz minglab bemorlar shifo topmoqda.

 



Aloqador xabarlar