Iroqning shimolida havo hujumi uyushtirildi

Iroqning shimolidagi terroristlarga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Bu haqida Milliy Mudofaa vazirligi ma'lumot berdi.

1118777
Iroqning shimolida havo hujumi uyushtirildi

Iroqning shimolida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida terror tashkilotiga oid boshpana va o’q-dori omborxonalari yo’q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Twitter orqali shu haqida berilgan bayonotda, Iroqning shimolidagi Zap, Metina, Avashin-Basyan va Gara mintaqalaridagi terroristlarga qarshi havo hujumi uyushtirilganligi qayd etildi.

Amaliyotlar chog’ida PKK terror tashkiloti tomonidan qurol-yaroq omborxonasi va boshpana sifatida foydalanilgan nuqtalarning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar