Turk Qizil yarim oy jamiyati suriyaliklarga yordam ashyosi yetkazib berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli tumanidagi suriyalik oilalarga yordam ashyosi yetkazib berildi

1116388
Turk Qizil yarim oy jamiyati suriyaliklarga yordam ashyosi yetkazib berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan Turkiyaning Hatay viloyatining Reyhanli tumanidagi suriyalik 100 oilaga oziq-ovqat va odeal yordami berildi.

Qizil yarim oy jamiyatining Reyhanli tumani bo’limi yetakchiligi tomonidan tumandagi yordamga muhtoj suriyalik oilalar aniqlanib, yuqorida nomi tilga olingan yordam ashyolari yetkazib berildi.

Bo’lim yetakchisi Ahmet Horoz shu haqida bergan bayonotida, suriyalik oilalarga yordam berishni davom ettirajaklarini qayd etdi.

Oziq-ovqatdan tashqari odeal ham tarqatib berganliklarini eslatgan Horoz,

“Oldindan aniqlab olingan manzillarga xodimlarimiz o’z qo’li bilan yordam ashyolarini yetkazib bermoqda. Ayniqsa bolalarning sovqatmasligi uchun odeallar sonini orttirdik. Bugun 100 oilaga aniq yetkazib berdik” dedi.

Horoz shuningdek, yordam ashyosi yetkazib berish ishlarining davom etajagini o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar