Mavlud Chavushog’li:"AQSh Suriyada terroristlarga tarqatgan qurollarni yig'ib olish oson emas..."

“Terroristlarga tarqatilgan qurol va harbiy texnikalarning barchasini qayta yig’ib olish oson emas, lekin biz bu haqdagi talabimizni AQSh hukumatiga bildirdik”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

1111595
Mavlud Chavushog’li:"AQSh Suriyada terroristlarga tarqatgan qurollarni yig'ib olish oson emas..."

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Firotning sharqiga qaratilgan harbiy amaliyot rejasi haqida bayonot berdi.

“Harbiy amaliyotlarni biroz kechiktirishimiz mumkin, lekin bu kelgusida amaliyotlardan butunlay voz kechishimizni anglatmaydi”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

AQSh harbiylarining Suriya hududlarini tark etishiga munosabatini bildirgan Mavlud Chavushog’li AQSh prezidenti Donald Trampning Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan telefondagi muloqotida harbiylarini Suriyadan olib chiqib ketish qarorini tilga olganligini va so’ngra bu qaror rasmiy ravishda e’lon qilinganligini ta’kidladi.

Uning ma’lum qilishicha, 8 yanvar kuni Vashingtonda Turkiya va AQSh o’rtasida bo’lib o’tadigan muzokaralarda AQSh qo’shinining Suriyani tark etishi va bu jarayonda koordinatsiyani ta’minlash masalasi muhokama qilinadi.

AQSh YPG va PKK terror tashkilotlari jangarilariga tarqatilgan qurollar qayta to’planishini ma’lum qilgan, biroq bu ish unchalik oson emas.

“Terroristlarga tarqatilgan qurol va harbiy texnikalarning barchasini qayta yig’ib olish oson emas, lekin biz bu haqdagi talabimizni AQSh hukumatiga bildirdik”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligiga katta ahamiyat beradi. Suriyaning barqarorligi Turkiya uchun juda muhim. Shu sababli, Turkiya AQSh tomonidan terror tashkilotlari YPG va PKKga berilayotgan yordamlardan bezovta.

Mavlud Chavushog’lining ta’kidlashicha, mintaqa terror tashkilotlaridan tozalanib, tez orada barqarorlik o’rnatilishi zarur.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Mavlud Chavushog’li , #Suriya

Aloqador xabarlar