Turkiya tashqi siyosatiga nazar 50-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Venesuela munosabatlarining bugungi holati va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko'rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

1105400
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 50-qism

 

                    

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’tgan kunlarda davlat tashrifi bilan Venesuelada bo’ldi. Bu jarayonda Turkiya va Venesuela munosabatlarida yangi sahifa ochildi desak mubolag’a bo’lmaydi. Quvonarlisi shuki, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar har sohada kundan kunga rivojlanib bormoqda.

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Venesuela munosabatlarining bugungi holati va buning Turkiya tashqi siyosatiga ko'rsatgan ta’siri haqida bahs yuritamiz.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Argentinada o’tgan G-20 sammitidan so’ng, davlat tashrifi bilan Paragvay va ortidan Venesuelada bo’ldi. Erdo’g’an ushbu ikki mamlakatga prezident darajasida dastlabki rasmiy ziyoratini amalga oshirdi.

Erdo’g’anning Venesuelaga tashrifi ikki davlat uchun ramziy ma’no kasb etadigan chuqur hamkorlik muhitini yaratadi. Shu bilan birga, bir qator iqtisodiy, strategik va siyosiy manfaat olib keladi. Erdo’g’an Venesuelaning xalqaro tazyiq ostida bo’lishiga qaramay u mamlakatga tashrif buyurdi. Bu esa, Erdo’g’anning jasoratli qadamlaridan biri ekanligini aytish mumkin.

Turkiya Respublikasi Lotin Amerika va Karayiblar mintaqasida birinchi bor diplomatik munosabatlarni yo’lga qo’ygan davlat Venesuela bo’ldi.

Turkiya bilan Venesuela o’rtasida diplomatik munosabatlar 1950 yilda tashkil topdi. Geografik jihatdan uzoqligi va har ikki mamlakatning uzoq yillar mobaynida o’z mintaqasidan chetga chiqmaganligi sababli o’zaro munosabatlar cheklangan edi. Ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar oxirgi davrdagi o’zgarishlar va oliy darajali ikki tomonlama ziyoratlar bilan yangi davrga qadam bosdi desak mubolag’a bo’lmaydi.

2016 yilning 19 avgust kuni Venesuelaning sobiq tashqi ishlar vaziri Delcy Rodriges, shu yilning 17-18 sentyabr kunlari Venesuelaning Margarita orolida bo’lib o’tadigan 17-Daxlsizlar sammiti uchun Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning taklifnomasini Erdo’g’anga yetkazish maqsadida Turkiyaga keldi. Ushbu sammitga Turkiya nomidan tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ishtirok etdi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 2016 yilning 9-13 oktyabr kunlari Istanbulda o’tkazilgan 23-Jahon energiya kongressi munosabati bilan Turkiyaga tashrif buyurdi. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2017 yilning 10 sentyabr kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan Astanadagi Islom hamkorlik tashkiloti 1-Bilim va texnologiyalar sammiti doirasida uchrashuv o’tkazdi. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 2017 yilning 5-6-oktyabr kunlari Turkiyaga dastlabki rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur ziyorat doirasida tashqi ishlar vazirlari rahbarligida Qo’shma hamkorlik komissiyasining 2-yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish doirasida ikki mamlakat o’rtasida Iqtisodiy va tijoriy hamkorlik shartnomasi, Xavfsizlik bo’yicha hamkorlik shartnomasi, Havo transporti shartnomasi, Qishloq-xo’jaligi sohasida hamkorlikka doir kelishuv memorandumi, Turizm bo’yicha hamkorlik dasturi hamda Fuqarolik aviatsiyasi bo’yicha bitim imzolandi.

Bundan tashqari, Turkiya-Venesuela biznes forumi va Venesuela eksport mahsulotlari yarmarkazi tashkil qilindi. Maduro 2018 yilning iyul oyida prezident Erdo’g’anning innauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Turkiyaga kelganida, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Turkiya va Venesuela o’rtasidagi tashqi savdo hajmi Turkiya Statistika tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilning dastlabki 10 oyida 1 mlrd dollardan oshdi. Ayni davrda, Venesuelaga amalga oshirilgan eksport hajmi taxminan 91 mln dollar, Venesueladan Turkiyaga amalga oshirilgan import esa 984 mln dollarni tashkil qildi. Bu savdo hajmi qisman Turkiyaning jami savdo hajmining cheklangan qismini aks ettirsa ham, ikki davlat o’rtasida so’ngi 5 yildagi jami savdo hajmini ortda qoldirganligini kuzatish mumkin.

Hozirda, Turkiya Venesuelaga bug’doy uni, makaron, sovun, bolalar uchun pamperslar, gigiyena ashyolari, og’iz va tish salomatligini saqlashga mo’ljallangan mahsulotlar, marmar, o’simlik yog’i va kosmetika mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Venesueladan esa, qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar, durlar, mujavharlar, metal pullar, mineral yoqilg’ilar va yog’lardan olingan mahsulotlar, mineral shamlar, temir va po’lat mahsulotlari import qilinmoqda.

Turkiya AQShning sanksiyalariga duch kelgan Venesuela bilan tijoriy munosabatlarni rivojlantirishni maqsad qiladi. Venesuela davlat ma’dan ishlab chiqarish kompaniyalari bilan ma’dan ishlab chiqarish kichik korxonalari tomonidan qazib olingan oltinlar hozirda sanksiyalar tufayli Shveysariyada emas, balki Turkiyada qayta ishlanib pulga aylantirilmoqda. Venesuela yer osti manbalariga boy bo’lishiga qaramay, oltinni qayta ishlash qobiliyatiga ega emas. Shu sababli, hozirda nigohini Xitoy, Rossiya va Turkiyaga qaratgan vaziyatda. Ayniqsa, ma’dan sohasida Venesuela hukumati turk tadbirkorlarni mamlakatga sarmoya kiritishga jalb qilmoqda. Venesuela hukumati turk tadbirkorlarni “Sizga oltin beraman, siz zavod quring. Qazib olingan madanning 70%i sizga bo’lsin, 30%ini esa davlatga topshiring!”,-deya taklif kiritmoqda. Bu xususda shartnoma tuzish uchun Venesuelaga bir qancha turk kompaniyasi jo’nab ketganligini aytish mumkin.

Venesuela hozirda jiddiy iqtisodiy inqiroz davridan o’tmoqda. Boshqa tomondan boy neft zahiralariga ega bo’lgan Venesuela turk firmalari uchun katta fursatlarni o’zida mujassam qilmoqda. Venesuelada qarovsiz yotgan bepoyon qishloq-xo’jaligi maydonlari mavjud. Ushbu yer maydonlari chorvadorchilik bilan shug’ullanishga juda mos. Qolaversa, Venesuelada dunyoning eng sifatli kakao o’simligi yetishadi.

Venesuela duch kelgan barcha qiyinchiliklarga qaramay, tabiiy manbalari jihatidan dunyoning eng boy davlatlaridan biridir. Shu sababli, Venesuela turk firmalari uchun aslida imkoniyatlarga boy mamlakat. Chunki, Venesuelada mavjud bo’lgan ko’plab yer osti manbalari Turkiyada mavjud emas. Ayni shaklda, turk firmalarining ishlab chiqarish, sanoat va xizmat sektorida qo’lga kiritgan tajribalari esa Venesuelada mavjud emas. Xalqaro raqobat kamaygan bu davrda turk firmalari uchun Venesuela muhim bozorga aylanib bormoqda. Turkiyaning neft importi bo’yicha Eron masalasi tufayli boshqa yo’llarni qidirish majburiyati va finans jihatidan Turkiyaga ijobiy hissa qo’shadigan oltin tijoratining Karakas hukumati bilan amalga oshirilishi kelgusi jarayonda Turkiya uchun Venesuelaning qanchalik muhim ekanligini ko’rsatadi.

Karatekin Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar