Turkiya Fransiyaning Strasbourg shahridagi qurolli hujumni qoraladi

Turkiya Fransiyaning Strasbourg shahrida kecha qo’l urilgan va gunohsiz insonlarni nishonga olgan hujumni qoraladi.

1105595
Turkiya Fransiyaning Strasbourg shahridagi qurolli hujumni qoraladi

Turkiya Fransiyaning Strasbourg shahridagi qurolli hujumni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda,

“Fransiyaning Strasbourg shahrida kecha qo’l urilgan va gunohsiz insonlarni nishonga olgan hujumni keskin ravishda qoralaymiz. Mazkur dahshatli hujum oqibatida jon berganlarning yaqinlari bosh bo’lish bilan birga Fransiya xalqi va hukumatiga chuqur ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Shaharning muhim maydonlaridan biri hisoblangan “Place Kleber”da yangi ochilgan “Noel” bozoriga yaqin nuqtada kecha kechki payt qurol ovozlari eshitilgan edi.

Kim ekanligi noma’lum hujumchining qochib ulgurganligi ham qayd etilgan.  

Fransiya matbuotida o’rin olgan ma’lumotda 29 yoshidagi hujumchining “Fish S” kodli qidiruvdagi shaxslar ro’yhatida o’rin olganligi, qochishdan oldin askarlar tomonidan uzilgan oq tufayli tan jarohati olganligi qayd etilgan edi.  

Aytib o’tish joizki hujumchi Fransiyada tug’ilgan bo’lib, u “Fish S” laqabi bilan tanilgan. Shuningdek qochishdan oldin askarlar tomonidan yaralangan.

Politsiya kecha tong saharlab hujumchining uyiga bosqin uyushtirgan lekin topilmagan.

 

 



Aloqador xabarlar