Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Venesuela ziyoratini yakunladi

Tashrif davomida, Turkiya prezidenti Erdo’g’an va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro huzurida ikki davlat o’rtasida 10 ta sohada hamkorlik shartnomasi imzolandi.

1100000
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Venesuela ziyoratini yakunladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Venesuela ziyoratini yakunladi.

Erdo’g’an Venesuelaga tashrifi chog’ida avvalo Simon Bolivar xotirasiga atalgan yodgorlik majmuasida bo’ldi.

Venesuela Simfoniya orkestri tomonidan ikki davlat milliy gimni chalindi. Erdo’g’an gimn jo’rligida majmuadagi Simon Bolivar qabrini ziyorat qildi. Yodgorlik poyiga gulchambar qo’ydi.

Yodgorlik majmuasi haqida ma’lumot olgan Erdo’g’an u yerdagi xotira daftariga dastxat yozdi.

“Turkiyadan Venesuelaga prezident darajasida ilk rasmiy ziyoratimni amalga oshirib turganimdan bahtiyorman. Lotin Amerikaning mustaqillik ramzi, Venesuela xalqining afsonaviy lideri Simon Bolivarni qabri boshida hurmat bilan yodga olaman”,-deb yozadi Erdo’g’an xotira daftariga.

Erdo’g’an majmuadan chiqar ekan, u yerda turk va Venesuela bayroqlarini ko’tarib turgan bolakaylar bilan salomlashdi.

Erdo’g’an so’ngra, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan birgalikda Turkiya-Venesuela biznes forumida ishtirok etdi.

Forumda ma’ruza qilgan Erdo’g’an: “Oxirgi oylarda og’ir iqtisodiy bosimlarga duch kelgan davlat sifatida global savdo tizimi parametrlarini mensimagan xatti-harakatlarni qabul qilmaymiz”,-dedi.

5 avgustda Maduroga suiqasd sodir etilganligiga ham to’xtalib o’tgan Erdo’g’an bu hodisani nafaqat Maduroga, balki Venesuela xalqiga nisbatan sodir etilgan hujum deb baholadi.

Venesuela bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar katta salohiyatga ega ekanligini tilga olgan Erdo’g’an: “Bu salohiyatimizdan oqilona foydalanishimiz kerak. O’zaro manfaat asosida Venesuela bilan hamkorligimizni mustahkamlashga va har sohada chuqurlashtirishga g’ayrat qilyabmiz. Janob Maduro bilan o’zaro va mintaqaviy ko’p qirrali hamkorligimizni tor va keng doiradagi hay’atlararo muzokaralarimizda muhokama qildik”,-dedi.

Savdo-iqtisodiy, tijoriy va investitsiya sohasidagi aloqalarni oliy darajali mutahassislar kuzatuvida faol davom ettirishini tilga olgan Erdo’g’an: “Nafaqat iqtisodiy sohada, balki mintaqamizga va butun dunyoga ta’sir ko’rsatayotgan muammolarga qarshi kurashda ham prezident Maduro bilan yaqin hamkorlik qilamiz”,-dedi.

Lotin Amerika va Karayiblar bilan Turkiya o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda so’ngi 10 yilda katta masofa bosib o’tildi. O’zaro savdo hajmi 2016 yilda taxminan 7 mlrd dollarni tashkil qilar ekan, 2018 yilga kelib bu raqam 9 oyda 9.2 mlrd dollardan oshdi.

Prezident Erdo’g’anning ta’kidlashicha, bu raqam kelgusi davrda yana ham oshiriladi.

Mazkur tashrif munosabati bilan Venesuela va Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochilganligini tilga olgan Erdo’g’an: “Bundan keyingi jarayonda davlatlarimiz va mintaqamiz manfaati uchun yana ham shaxdam qadam tashlashga harakat qilamiz”,-dedi.

Bo’lib o’tgan biznes forumi va muzokaralardan so’ng ikki yetakchi matbuotga brifing berdi.

“Biz haqimizda gapirilganda aslzoda, yordamsevar va mehnatkashligimiz haqida gapirish kerak. Venesuela xalqi agar qardoshlariga quchoq ochsa, buni haqiqatdan ham chin yurakdan bajaradi. Biz azaldan qardoshlik uchun  qadim tarixga ega bo’lgan, jangovar, tarixida juda katta g’alabalarni qo’lga kiritgan, g’olib turk xalqi uchun quchoq ochishga qaror berdik”,-deydi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.

Tashrif davomida, Turkiya prezidenti Erdo’g’an va Venesuela prezidenti Nikolas Maduro huzurida ikki davlat o’rtasida 10 ta sohada hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 



Aloqador xabarlar