Prezident Erdo'g'an BMT tizimida islohotning shart ekanligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida islohotning shart ekanligini qayd etdi.

1096900
Prezident Erdo'g'an BMT tizimida islohotning shart ekanligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida islohotning shart ekanligini qayd etdi.

Istanbulda uyushtirilgan Islom Hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va tijoriy hamkorlik bo'yicha doimiy qo’mita yig’ilishida nutq so’zlagan Prezident Erdo'g’an,

“BMT Xavfsizlik kengashining ko’proq doimiy a’zolarning manfaatlarini himoya qilayotganligini yaqindan kuzatdim. Beshta doimiy a’zodan biri nima desa qolgan a’zolar ham ana shuni qilishga majbur. Ularning qutbdagi kitlarning soniga qiziqqandek Somaliyaning och qolgan bolalarining vaziyatiga qiziqmayotganligiga guvoh bo’ldim. Pul, neft, olmosdan boshqa e’tibor bergan narsalarining judayam kam ekanligini yaxshi bilamiz. Biz, Birinchi Jahon urushidan keyingi davrda umr surmayotganligimizni unutmasligimiz darkor. Yangi dunyo tashkil topdi. Beshta doimiy a’zo, on beshta doimiy bo’lmagan a’zo bilan hech kim hech kimni aldamasin. Hammasi 5 a’zoning fikriga qarab qolgan vaziyatda. Shunday ekan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi uchun islohot shart” dedi.



Aloqador xabarlar