Prezident Erdo'g'an mahalliy saylov uchun partiyasining nomzodlarini ma’lum qildi

Prezident Erdo'g'an mahalliy saylov uchun partiyasi nomidan ko’rsatilgan nomzodlar nomini ma’lum qildi.

1094339
Prezident Erdo'g'an mahalliy saylov uchun partiyasining nomzodlarini ma’lum qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an shahar hokimligi uchun partiyasi nomidan ko’rsatilgan nomzodlar nomini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an Istanbuldagi “Halich” kongress markazida uyushtirilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi nomidan shahar hokimligi uchun ko’rsatilgan nomzodlarni tanishtirish yig’ilishida, partiyasi nomidan ko’rsatilgan 40 viloyatning nomzodlarini ma’lum qildi.

Erdo'g’an Anqara, Istanbul va Izmir shahar hokimligi uchun ko’rsatilgan nomzodlar nomini esa bayon etmadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an katta uchta shahar uchun nomzod ko’rsatmay Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarni qo’llab-quvvatlashni rejalashtirgan Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheliga minnatdorchilik bildirdi.

Devlet Bahcheli kecha bergan bayonotida Istanbul, Anqara va Izmir viloyatlari uchun nomzod ko’rsatmasliklarini eslatgan holda, nomi tilga olingan viloyatlarda Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan ko’rsatilgan nomzodlarni qo’llab-quvvatlamoqchi ekanliklarini ta’kidlagan edi.

Mahalliy saylov 2019-yilning 31-marti kuni o’tkaziladi.

 



Aloqador xabarlar