Turkiya Fathulloh Gulen harakatini qo’llab quvvatlagan Germaniyani qoraladi

“2016 yilda Turkiyada sodir etilgan 15 iyul voqealarining javobgari ishtirok etgan loyihaga 2019 yil byudjetidan 10 mln evro ajratgan Germaniya federal majlisining bu munosabati buyuk fojia",-deya e’tiroz bildiradi Mustafo Yenerog’li.

1094075
Turkiya Fathulloh Gulen harakatini qo’llab quvvatlagan Germaniyani qoraladi

Turkiya Fathulloh Gulen harakatini qo’llab quvvatlagan Germaniyaga yana bir bor e’tiroz bildirdi.

Germaniya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, poytaxt Berlinda musulmon, yahudiy va hristianlar uchun birgalikda ibodat qiladigan “Bir uy” (House of One) nomli loyihaga kelgusi yil davlat byudjetidan 10 mln evro mablag’ ajratiladi. Fathulloh Gulen harakati a’zolari ham mazkur loyihadan joy olgan.

Xabarga ko’ra, loyiha uchun ajratilgan byudjet 2022 yilga qadar ta’minlanadi. Binoning qurilish ishlari 2019 yilda boshlanadi. Loyiha uchun butun dunyodan 9 mln evro mablag’ to’plangan bo’lib, umumiy hisobda bu loyihaga sarf etiladigan mablag’ 45 mln evroni tashkil qiladi.

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Mustafo Yenerog’li bu loyihani qoraladi.

“2016 yilda Turkiyada sodir etilgan 15 iyul voqealarining javobgari ishtirok etgan bu loyihaga 2019 yil byudjetidan 10 mln evro ajratgan Germaniya federal majlisining bu munosabati buyuk fojia. Berlin hokimiyati ham 10 mln evro mablag’ ajratishga va’da beribdi”,-deya e’tiroz bildiradi Mustafo Yenerog’li.



Aloqador xabarlar