Turkiya prezidenti o’rinbosari Fuat O’ktay Sudanga tashrif buyurdi

Fuat O'ktay Hartumga tashrifi chog’ida Sudan prezidenti o’rinbosari Bakri Hassan Saleh va Sudan bosh vaziri Mutez Musa bilan uchrashdi.

1092389
Turkiya prezidenti o’rinbosari Fuat O’ktay Sudanga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti o’rinbosari Fuat O’ktay Sudan poytaxti Hartumga safar qildi.

Fuat O'ktay Hartumga tashrifi chog’ida Sudan prezidenti o’rinbosari Bakri Hassan Saleh va Sudan bosh vaziri Mutez Musa bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

Fuat O’ktay: “Turkiya Sudanning barqarorligi va taraqqiyoti uchun yordam berishga tayyor. Turkiya Sudan bilan savdo-iqtisodiy faoliyatlarni rivojlantirish tarafdori”,-dedi.

“Neft qazib olish, qishloq-ho’jaligi va chorvadorchilik bo’yicha yer ajratish va biznes faoliyatlarini yo’lga qo’yish bilan bog’liq mehanizmni oyoqqa turgizishga majburmiz”,-dedi Fuat O’ktay.

Sudan prezidenti o’rinbosari Bakri Hassan Saleh ham Turkiya bilan hamkorlikni oshirish kerakligini bildirdi.

Fuat O’ktay bilan Sudan bosh vaziri Mutez Musa o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ham ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilindi.

Fuat O’ktay: “Turkiya bilan Sudan o’rtasidagi savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish kerak”,-dedi.

Fuat O’ktay va Mutez Musa Turkiya-Sudan qo’shma iqtisodiy komissiyasi kelishuv memorandumini imzoladi.

Fuat O’ktayga Sudan ziyoratida qishloq-ho’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli va savdo vaziri Ruhsar Pekjan hamrohlik qilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Sudan , #Hartum , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar