Turkiya Somalida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

“Mogadishoda bomba joylashtirilgan transport vositasida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralaymiz. Do’st va qardosh Somali xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

1085216
Turkiya Somalida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Mogadishoda bomba joylashtirilgan transport vositasida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralaymiz. Portlashda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz. Do’st va qardosh Somali xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Somali poytaxti Mogadishoda sodir etilgan terrorchilik harakatida 23 kishi halok bo’ldi.

Portlash uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Somali , #hamdardlik

Aloqador xabarlar