Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Sudanga tashrif buyurdi

Hulusi Akar Sudan mudofaa vaziri general Avad Muhammad Ahmad bin Avf tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

1082742
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Sudanga tashrif buyurdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ikki kunlik rasmiy ziyorat doirasida Sudan poytaxti Hartumga tashrif buyurdi.

Hulusi Akar Hartumdagi xalqaro aeroportda Sudan hukumati vakillari va Turkiyaning Sudandagi elchisi Irfan Nezirog’li tomonidan kutib olindi.

Dastlab, Sudan mudofaa vazirligiga tashrif buyurgan Hulusi Akar mudofaa vaziri general Avad Muhammad Ahmad bin Avf tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

So’ngra, Sudan mudofaa vaziri Avad Muhammad Ahmad bin Avf hamda Harbiy bosh shtab rahbari general Kamol Abdulmaruf al-Mahi Beshir bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvlarda Hulusi Akarga hamrohlik qilgan Turkiya harbiy bosh shtabi rahbari general Yashar Guler ham ishtirok etdi.

Hulusi Akar so’ngra, prezidentlik saroyida Sudan prezidenti O’mer al-Bashir bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, ikki tomonlama mudofaa va harbiy hamkorlik, mintaqaviy masalalar, Turkiya prezidenti Erdo’g’anning dekabr oyida amalga oshiradigan Sudan ziyoratiga tayyorgarlik kabi xususlar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Turkiya tomonidan Sudanda qurilishi rejalangan harbiy-o’quv markazlariga doir jarayon ham ko’zdan kechirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan , #Hulusi Akar , #Turkiya , #mudofaa

Aloqador xabarlar