Prezident Erdo'g'anning rasmiy tashrif bilan Fransiyaga borishi rejalashtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning 10-11 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyaga borishi rejalashtirmoqda.

1081564
Prezident Erdo'g'anning rasmiy tashrif bilan Fransiyaga borishi rejalashtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning 10-11 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyaga borishi rejalashtirmoqda. 

Shu kunlarda Fransiya poytaxti Parijda 1918-yilning 11-noyabri kuni Birinchi Dunyo urushining rasmiy ravishda tugashiga sabab bo’lgan “Versal” sulh kelishuviga qo’l qo’yilishining 100 yilligi nishonlanadi.

Mazkur marosimda Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronning taklifiga binoan Turkiya nomidan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an ishtirok etadi.  

Marosimda dunyoning 80 davlati lideri ishirok etadi. Ular orasida Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham bor.  

Prezident Erdo'g’an tashrifi chog’ida birinchi marotaba o’tkaziladigan Parij Tinchlik forumida ishtirok etadi. Shuningdek AQSh Prezidenti Donald Trump va Fransiya Prezidenti Macron bosh bo’lish bilan birga ba’zi dunyo liderlari bilan o’zaro uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar