Fuat O’ktay:"Turkiya yaqin hamkori Eron bilan aloqalarni to'xtatmaydi"

Turkiya prezidenti o’rinbosari Fuat O’ktay AQShning Eronga nisbatan joriy etgan sanksiyalar kuchga kirishiga munosabatini bildirdi.

1081599

Sanksiya qarori BMT tomonidan olinmaganligiga e’tibor qaratgan Fuat O’ktay: “Agar, bu sanksiya qarori BMT tomonidan olinganda edi, Turkiya ham bunga amal qilgan bo’lardi. Faqatgina bitta davlatning o’z manfaatlari asosida olgan qaroriga barcha davlatlarning amal qilishini talab qilish adolatsizlik bo’ladi”,-dedi.

U AQShning sanksiyalariga duch kelgan Eron Turkiyaga qo’shni davlat ekanligini eslatdi.

“Biz qo’shni davlat bilan, xususan tijoriy va energiya sohasida yaqin hamkorlikka ega bo’lgan davlat bilan to’satdan aloqalarimizni to’xtata olmaymiz. Bunga haqqimiz yo'q. Buni bir necha bor ifoda etdik”,-deydi Fuat O’ktay.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Eron , #AQSh , #sanksiya

Aloqador xabarlar