Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan Ukraina prezidenti Poroshenko Istanbulda uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etdi.

1081088
Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan Ukraina prezidenti Poroshenko Istanbulda uchrashdi

Kecha Istanbulda Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilish oldidan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Istanbuldagi Mabeyn ko’shkida uchrashuv o’tkazdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar ko’zdan kechirildi.

So’ngra, ikki yetakchi Turkiya-Ukraina Oliy darajali strategik kengashining navbatdagi yig’ilishida ishtirok etdi.

Yig’ilishga ikki davlatning tegishli vazirlari ham qatnashdi.

Yig’ilish yakunida Turkiya va Ukraina o’rtasida iqtisodiyot va mudofaa sohalari bo’yicha qator hamkorlik shartnomalari va protokollar imzolandi.

So’ngra, ikki yetakchi matbuotga brifing berdi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an qo’shma brifingda joriy yil ohirigacha Turkiya-Ukraina o’rtasida erkin savdo shartnomasini tuzishga kelishib olganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Erdo’g’an Turkiya har doimgidek, Qrim tatarlarining haq-huquqi va manfaatlarini himoya qilishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Erdo’g’an Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish kerakligini va Turkiya Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinishini tan olmasligini ta'kidlab o‘tdi. 

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ham Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va Qrim masalasida ko’rsatgan qo’llab quvvatlovi uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Poroshenko ikki davlat o’rtasida erkin savdo shartnomasini tez orada amalga oshirish uchun tegishli vazirliklarga buyruq berganligini so’zlariga ilova qildi.

 

 



Aloqador xabarlar