Prezident Erdo’g’anning, Suriyada Efrot daryosining sharqiyda operatsiyaga ishorati

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi(ATP) Rahbari Rajab Tayyib Erdo’g’an, partiyasi Turkiya  buyuk millat majlisi (TBMM) guruh yig’ilishida so’zga chiqdi.

1078156
Prezident  Erdo’g’anning, Suriyada Efrot daryosining sharqiyda operatsiyaga ishorati

Prezident Rajab Rajab Tayyib Erdo’g’an, Suriyada Efrot daryosining sharqiyda operatsiyaga ishorati berdi.

Prezident va Adolat va taraqqiyot partiyasi(ATP) Rahbari Rajab Tayyib Erdo’g’an, partiyasi Turkiya  buyuk millat majlisi (TBMM) guruh yig’ilishida so’zga chiqdi.

Ma’ruzasida “Suriya masalasi yechilmasdan turib kelajakka  ishonch bilan qarashimiz mumkin emas” degan Erdo’g’an, bu o’lkadan kelgan terror hujumlari va  boshqa tahdidlarga  qarshi kerakli javob  beriladi dedi.

Suriya inqirozi bu qadar  fojiali bir holga aylanishida xalqaro hamjamiyatning masalaga yetarli darajada e’tibor bermasligining katta roli bor degan Erdo’g’an,

“ DEASh, ma’lum muxoliflar tomonidan yangidan  ta’lim berilgan va mintaqaga yoyilgan partizanlar vosita bilan avj olmoqda. Mintaqada   o’z maqsadlariga erishish  uchun farq nazarga tutmasdan barcha terror tashkilotlaridan foydalanmoqda. Holi hozir jirkanch o’yin  qaytadan ro’yobga chiqarmoqda.

Na mintaqa xalqi na ham dunyo bu DEASh  o’yiniga ishonmaydi” dedi.

Erdo’g’an, bir tomondan Suriya rejimini gich- gichlab, boshqa tomondan DEShni avj oldirib Suriyani yangi   bir qon ko’li aylantirmoqchi bo’lganlarga  ruxsat bermaymiz dedi.

Efrot daryosi sharqiydagi terror tashkilotlanishi  yo’q qilinadi degan Erdo’g’an,

 “ Bu mavzu bilan aloqali tayyorgarliklarimiz, rejalarimiz, dasturlarimiz yakunladik. hatto o’tgan kunlarda terror tashkilotiga qarata hujum boshlatdik. Yaqinda keng  va ta’sirchan operatsiya bilan terror tashkilotga zarba uramiz. Bir tun kutilmaganda  yetib kelamiz” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an , #Efrot , #Hujum

Aloqador xabarlar