Suriya bo'yicha o'tkazilgan sammit ortidan qo'shma bayonot chop etildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron, Germaniya kantsleri Angela Merkel ishtirokida Vahdettin ko’shkida bo’lib o’tgan Suriya haqidagi sammit o’z nihoyasiga yetdi.

1077225
Suriya bo'yicha o'tkazilgan sammit ortidan qo'shma bayonot chop etildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Fransiya Prezidenti Emmanuel Macron, Germaniya kantsleri Angela Merkel ishtirokida Vahdettin ko’shkida bo’lib o’tgan Suriya haqidagi sammit o’z nihoyasiga yetdi.

Sammit ortidan qo'shma bayonot chop etildi.

Bayonotda liderlar terrorizmga qarshi kurashning davom ettirilishi kerakligini ta’kidlar ekan ayni vaqtda kuchli chora va tadbirlarning butunlay yo’lga qo’yilishi va tegishli barcha tomonlarning hukmlarga amal qilishi natijasida ta’minlanadigan o’q uzishning butunlay to’xtatilishining ahamiyatini ta’kidladi.  

Sammitda Suriyadagi oxirgi vaziyatning qo’lga olinganligi va Suriyadagi urush yuzasidan tug’ilgan mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalasi bilan barqarorlikni nishonga olgan xavf va tahdid oldidagi mushtarak tashvishlarning ifoda etilganligi belgilab o’tildi.  

Liderlar Suriya Arab Respublikasining mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligi bilan Birlashgan Millatlar nizomining maqsad va tamoyillariga qattiq rioya qilganliklarini tasdiqladi.  

Suriyadagi urushning harbiy yo’llar orqali hal qilinishining imkonsiz ekanligini va vaziyatning faqatgina BMT Xavfsizlik kengashining 2254 sonli qaroriga muvofiq muzokara qilingan siyosiy jarayon orqaligina to’xtatilishiga ishonchi komil ekanliklarini ta’kidlagan liderlar shu doirada, Suriyadagi urushning butunlay to’xtashiga hissa qo’shishni o’ziga maqsad qilib olgan barcha xalqaro tashabbuslar orasida koordinatsiyani kuchaytirishning qanchalik muhim ekanligini ta’kidladi.

Bayonotda quyidagi ko’z qarashlarga o’rin berildi:

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan terrorist deb tan olingan DEASh, Nusra jabhasi bilan al-Qoida yoki DEASh terror tashkiloti bilan aloqasi bor boshqa shaxslar, guruhlar, tashabbuslar va boshqa terror guruhlarining butunlay yo’q qilinishi maqsadida terrorizmga qarshi kurashda qarorliliklsarini tasdiqladilar. Suriyaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi bilan qo’shni mamlakatlarning milliy xavfsizligiga ziyon yetkazishni o’ziga maqsad qilib olgan separatizm g'oyalarini rad etish uchun qat'iy qaror qabul qilganliklarini ifoda ettilar. Turkiya Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi tomonidan 2018-yilning 17-sentabri kuni Sochida qo’l qo’yilgan Idlibdagi qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etish masalasining barqarorlashtirilishi haqidagi memorandumni xursandchilik bilan qarshi oldilar. Og’ir qurollar bilan radikal guruhlarning memorandumga muvofiq tashkil etilgan qurolsizlashtirilgan hududdan olib chiqib ketilishidan hursandlar”.

Terrorizmga qarshi kurashni davom ettirilishi kerakligini ta’kidlagan liderlar memorandumda ko’zda tutilgan kuchli chora va tadbirlarning butunlay yo’lga qo’yilishi va tegishli barcha tomonlarning memorandum hukmlariga amal qilishi natijasida o’q uzishning butunlay to’xtatilishinig ahamiyati ta’kidlandi.

Suriyada qaysi tomon bo’lishidan qat’iy nazar kimyoviy quroldan foydalanilishiga nihoyatda qarshi ekanliklarini tasdiqlab olgan liderlar, barcha tomonlarni Kimyoviy Qurollarni rivojlantirmaslik, ishlab chiqarmaslik, g’amlamaslik va foydalanmaslik va ularning yo’q qilinishi haqidagi shartnomaga amal qilishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartlarni qulaylashtiruvchiligi va suriyaliklarning rahbarligida siyosiy jarayonni qo’llab-quvvatlaganliklarini ifoda etgan liderlar, suriyalik tomonlarni bu jarayonda faol ravishda ishtirok etishga chaqirdi.

Liderlarning qo’shma bayonotda quyidagi ifodalarga o’rin berildi:

“BMT nazoratida, eng oliy xalqaro shaffoflik bilan javob berish standartlariga muvofiq diaspora a’zolari ham doxil saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan barcha suriyaliklarining ishtiroki bilan o’tkaziladigan erkin va odilona saylovlarning zaminini tashkil etish uchun Suriyada konstitutsiyaviy islohotni amalga oshiradigan Konstitutsiya qo’mitasining Jenevada tashkil etilishi va yaqinda, shart-sharoitni ko’rib chiqqan holda bu yilning oxiridan e’tiboran yig’ilish o’tkazishga chaqirildi. Siyosiy jarayonning davom ettirilishi va o’q uzishning to’xtatilishiga hissa qo’shishini ta’minlash uchun ishonchli chora va tadbirlarning yo’lga qo’yilishining ahamiyati ta’kidlandi va tegishli mexnat guruhi tomonidan BMT bilan Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi mutaxassislarining ishtiroki bilan faoliyatlar olib borilgan, zo’rlik bilan olib qochilganlarning ozod etilishi, janozalarning topshirilishi va bedarak yo’qolgan shaxslarning topilishi masalasidagi yordamlarini bayon ettilar”.

Suriya xalqining og’irini yengil qilish uchun butun Suriyaga tez, ishonchli va uzluksiz yordam yetkazib berilishi kerakligini ta’kidlagan liderlar shu doirada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan tashkilotga qarashli gumanitar tashkilotlar bosh bo’lish bilan birga xalqaro hamjamiyatni Suriyaga berilgan yordamlarni orttirilishga chaqirdi.

Turkiya, Livan va Iordaniya bosh bo’lish bilan birga mezbon davlatlar bilan birdamlik ichida ekanliklarini tasdiqlagan liderlar muhojirlarning Suriyaga, ishonchli va ixtiyoriy ravishda, xalqaro huquqga javob beradigan shartlarda qaytishlarini xohlaganliklarini eslatdi.

Muhojirlarning va mamlakatdagi o’z uy-joylaridan mahrum qilingan kishilarning Suriyadagi o’z uy-joylariga xavfsiz va ixtiyoriy ravishda qaytishlari uchun kerakli shartlarning butun mamlakat bo’ylab ta’minlanishi kerakligiga e’tibor qaratgan liderlar, qaytganlarning qurolli to’qnashuv, syosiy bosim yoki o’zboshimchalik bilan nazorat ostiga olinishlardan himoya qilinishi kerakligi shuningdek suv, elektr energiyasi, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar doxil odam bolasi uchun eng asosiy bo’lgan muhtojliklarni ta’kidladi.

Liderlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Muhojirlar Oliy komissarligi bilan boshqa xalqaro mutaxassis tashkilotlar ham doxil tegishli tomonlar o’rtasidagi birlik va birdamlikning zarurligini ta'kidladi.

Liderlar Suriyada tinchlik va barqarorlik uchun kerakli shart-sharoitning ta’sisini, siyosiy yechimning yo’lga qo’yilishi va bu borada xalqaro konsensusning mustahkamlanishini ta’minlab, birgalikda ishlash majburiyatini ifoda etdi.

 



Aloqador xabarlar