Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik kasbdoshi Odil al-Jubayr bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho’g’li Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan uchrashuv o’tkazdi.

1076297
Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik kasbdoshi Odil al-Jubayr bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan uchrashuv o’tkazdi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li saudiyalik kasbdoshi bilan telefon orqali muloqat o’tkazgan.

Mazkur muloqat chog’ida saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchining o’ldirilishi haqidagi voqeaning aniqlanishi bilan o’zaro munosabatlarning baholanganligi qayd etildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an voqea bo’yicha Saudiya Arabistonining Bosh prokurorining Turkiyaga kelishi haqida avval aytgan edi.  

Aytib o’tish joizki Washington Post gazetasi jurnalisti Jamol Kashikchi shu yilning 2-oktabri kuni rasmiy hujjatlar uchun Saudiya Arabistonining Bosh konsullik binosiga kirganidan keyin bedarak yo’qolgan edi.

Saudiya Arabistoni boshqaruvi 20-oktabr kuni Kashikchining “konsullik binosida yuz bergan bir janjal natijasida o’lganligi” haqida ma’lumot tarqatgan.



Aloqador xabarlar