Turkiya, Rossiya va Eron Suriyada konstitutsion komitet tashkil qilmoqchi...

“Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari kecha Moskvada Suriyadagi vaziyat bo’yicha majlis o’tkazdi”,-deyiladi bayonotda.

1075634
Turkiya, Rossiya va Eron Suriyada konstitutsion komitet tashkil qilmoqchi...

Turkiya, Rossiya va Eron BMTning Suriyadagi maxsus vakolatxonasi bilan hamkorlikda Suriyada konstitutsion komitet tashkil qilishga doir faoliyatlarni tezlashtirishga kelishib oldi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlari o’rinbosarlari kecha Moskvada Suriyadagi vaziyat bo’yicha majlis o’tkazdi”,-deyiladi bayonotda.

Majlisda Suriyadagi vaziyat atroflicha muhokama qilinganligi qayd etildi.

“Sochida o’tkazilgan Suriya milliy muloqot kongressida olingan qarorlar doirasida, konstitutsion komitet tashkil qilishga doir faoliyatlarni boshlash xususida fikr almashildi. Turkiya, Rossiya va Eron butun Suriya xalqining manfaatlarini e’tiborga olgan holda, BMTning Suriyadagi maxsus vakolatxonasi bilan hamkorlikda konstitutsion komitet tashkil qilishga doir faoliyatlarni tezlashtirishga kelishib oldi”,-deyiladi yozma bayonotda.



 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Eron , #Suriya

Aloqador xabarlar