Suriyada 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist ozod etildi

“Al-Qoida” qo'lidan qutqarilgan jurnalist ayni vaqtda Turkiyaning Antakiya tumanidagi muhojirlarni qabul qilish byurosida qolmoqda.

1074670
Suriyada 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist ozod etildi

Suriyada 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist Dzyumpey Yasuda ozod etildi.

Yaponiya hukumati vakili Yesixide Suga bu haqda matbuotga brifing berdi.

Uning ma’lum qilishicha, 3 yil avval Suriyada “Al-Qoida” tomonidan asirga olingan Yasudaga o’xshash bir kishi ozod etilgan. 44 yoshli jurnalist ayni vaqtda Turkiyaning Antakiya tumanidagi muhojirlarni qabul qilish byurosida qolmoqda.

Yaponiya tomonidan ushbu shaxs haqiqatan ham Dzyumpey Yasuda ekanligining tasdiqlanishi kutilmoqda.

Jurnalistning turmush o’rtog’i ham bu voqeadan xabardor qilingan.

Shuningdek, Hatay hokimligi ma’lum qilishicha, bu kishi Yaponiya fuqarosi bo’lib, u xavfsizlik va razvedka tashkiloti vakillari himoyasida Suriyadan Turkiyaga keltirilgan. Uning yonida kimligini isbotlovchi shaxsiy hujjatlari yo’q.

Ta’kidlanishicha, jurnalist 2015 yilda Turkiya hududi orqali noqununiy ravishda Suriyaga o‘tgan.

U yerda terroristlar tomonidan ushlab olingan. Jangarilar uning ozod etilishiga 10 mln dollar pora so‘rashgan, biroq Yaponiya hukumati bu talabni bajarishdan bosh tortgan.

 



Aloqador xabarlar