Prezident Erdo'g'an , qo'shimcha qiymatga ega oliy mahsulotlarga yana ko’proq e’tibor beramiz.

Prezident Rajab Tayyib Tayyib Erdo’g’an, kelajakda qo'shimcha qiymatga ega oliy mahsulotlarga yana ko’proq e’tibor beramiz  dedi.

1065318
Prezident Erdo'g'an , qo'shimcha qiymatga ega oliy mahsulotlarga yana ko’proq e’tibor beramiz.

Prezident Rajab Tayyib Tayyib Erdo’g’an, kelajakda qo'shimcha qiymatga ega oliy mahsulotlarga yana ko’proq e’tibor beramiz  dedi.

Prezident Erdog’an rasmiy safar  uyushtirgan Vengriyaning  poytaxti Budapeshtda uyushtirilgan Turkiya- Vengriya ish forumining  ochilishida ma’ruza qildi.

Erdo’g’an qilgan ma’ruzasida,

“ Sentabr oyida Yangi  iqtisodiy dasturlar bilan endi bundan keyin qo’shma qiymatga ega mahsulotga yana ko’proq e’tibor beramiz.” deb ma’lum qildi.

Erdo’g’an,

“ Turk iqtisodiy asoslari mustahkamdir. Turk iqtisodiyotini va bankchilik tizimiga hech kim zarar bermaydi, chunki,  tahlikalarga chidamlidir” deb ma’lum qildi.

Erdo’g’an,

“Savdo urushlari kabi ifodalar bilan tijoratimizni asir olishga harakat qilgan bir sharoitda Vangriya bilan  iqtisodiy hamkorligimiz katta ahamiyat kasb etmoqda. Yevropa ittifoqi bilan Bojxona birligini yangilash faoliyatlari hanuz ham boshlamasligi va Turk ishbilarmonlari, xalqimiz  viza olishga  majbur bo’lishi,  Potensialidan to’liq foydalanishning  oldidagi  eng katta to’siqlardir” deb ma’lum qildi.

Vengriya bilan ayniqsa  mudofaa vaziri sanoatimizga qarata qadamlar tashlashni rejalamoqdamiz deb aytgan Erdo’g’an, o’tkazgan uchrashuvlarda  bu mavzular ustida to’xtaldi.

Erdo’g’an, ma’ruzasida  17- sentabrda Rossiya bilan borilgan Suriyaning Idlib hududida qurollardan tozalangan hudud tashkil etilishiga  erishilgan kelishuvidan ham bahs etdi.

Prezident Erdo’g’an,

“ O’tgan oy Sochi sammitida Rossiya Prezidenti janob Vladimir Putin bilan imzolagan kelishuv memorandumi, Idlibda istiqomat qilgan 3,5 million Suriyalikning  xavfsizligini  kafolatga oldi” deb ma’lum qildi.

Erdo’g’an, qochqin masalasining yechimida xalqaro jamiyat esa  o’z mas’uliyatlarini bajo keltirmaganlarini qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Prezidnet Erdog'an , #Vengriya , #Savdo , #Forum

Aloqador xabarlar