Turkiyada terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, to’xtovsiz davom etayotgan harbiy amaliyotlarda bir hafta ichida 23 ta jangari yo’q qilingan.

1064355
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash jadallik bilan davom etmoqda.

Xavfsizlik kuchlari mamlakat hududlarida terror tashkilotiga a’zo jangarilarga kun bermayotir.

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, to’xtovsiz davom etayotgan harbiy amaliyotlarda bir hafta ichida 23 ta jangari yo’q qilingan.

Vazirlik 1-8 oktyabr kunlari orasida terror tashkilotlariga qarshi olib borilayotgan harbiy amaliyotlar tafsilotini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, so’ngi bir hafta ichida mamlakat hududlari bo’ylab jami 2421 marta operatsiya o’tkazilgan.

Operatsiyalarda 4 nafar jangari tiriklayin qo’lga tushirilgan, 12 nafari o’z xohshi bilan davlatga taslim bo’lgan.

Tekshiruvlarda terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan 774 kishi qo’lga olingan. Ular ustidan surishtiruv ishlari ketmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terrorizmga qarshi kurash

Aloqador xabarlar