Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlariga zarba berdi

Iroq shimolidagi Avashin-Basyan va Zap hududlarida olib borilgan harbiy amaliyotlarda terror tashkiloti PKKga a'zo 10 ta terrorist yo'q qilindi.

1062235
Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror ob’yektlariga zarba berdi

Turkiya qurolli kuchlari Iroq shimolidagi Avashin-Basyan va Zap hududlarida harbiy amaliyot o'tkazdi.

Amaliyotlarda terror tashkiloti PKKga a'zo 10 ta terrorist yo'q qilindi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

"Iroq shimolidagi Avashin-Basyan va Zap hududlaridagi terror ob'yektlariga bugun erta tongda aviazarba berildi",-deyiladi bayonotda.

Harbiy amaliyotlar natijasida harbiy baza hududiga hujumga tayyorgarlik ko'rsayotgan terroristlar aniqlanib, bartaraf etildi.

 



Aloqador xabarlar