Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniyaga yetib bordi

Erdo’g’an tashrifi chog’ida avvalo Berlinda Germaniyadagi nodavlat tashkilotlarning vakillari bilan uchrashadi.

1058037
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniyaga yetib bordi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniyaga yetib bordi.

Erdo’g’an tashrifi chog’ida avvalo Berlinda Germaniyadagi nodavlat tashkilotlarning vakillari bilan uchrashadi.

Rasmiy uchrashuvlar esa, ertaga 28 sentyabr juma kuni boshlanadi.

Erdo’g’an ertaga Germaniya prezidenti Frank Volter Steinmeier tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olinadi.

Prezident Steinmeier bilan uchrashuvdan so’ng Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel bilan uchrashuv o’tkazadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvda Turkiya bilan Germaniya o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik, mudofaa, transport, madaniyat va ijtimoiy-gumanitar sohalar bo’yicha hamkorlik masalalari hamda Germaniyada yashagan turk jamiyatlari bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi.

Erdo’g’an va Merkel uchrashuvdan so’ng matbuotga brifing beradi.

Tashrifi yakunida Koln shahrida Din boshqarmasi Turk islom ittifoqi tomonidan barpo etilgan jome’-masjidining rasmiy ochilishiga qatnashadigan Erdo’g’an, u yerda yashagan turklar bilan ham uchrashuv o’tkazishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar