Prezident Erdo'g’an bugun AQShga jo’nab ketmoqda

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Amerika Qo’shma Shtatlariga jo’nab ketmoqda.

1054840
Prezident Erdo'g’an bugun AQShga jo’nab ketmoqda

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun AQShga jo’nab ketmoqda.

Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun 23-27 sentabr kunlari AQShda bo’ladi.

Erdo'g’an sessiyadan oldin 24-sentabr haftaning dushanba kuni migratsiya masalalari bo’yicha Nyu-Yokrda o’tkaziladigan yig’ilishda ishtirok etadi. Mazkur yig’ilishda Turkiya tomonidan suriyaliklar uchun amalga oshirilgan faoliyatlari haqida gapiradi va dunyoni bu borada Turkiyaga yordam berishga chaqiradi.

Prezident Erdo'g’an Nyu-Yorkda shu bilan birga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashadi.

Ham Antonio Guterresga ham da uchrashuv o’tkazadigan boshqa liderlarga 17-sentabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida qo’l qo’yilgan Idlib kelishuvi haqida gapirib beradi.  

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham rossiyalik va eronlik kasdboshlari bilan uchrashuv o’tkazadi.

Turkiya AQSh tomonidan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga berilgan qurol yordamidan bezovta.

Prezident Erdo'g’an bu haqidagi e’tirozini uchrashuv o’tkazadigan liderlarga ham yetklazadi.

Mazkur tashrif chog’ida shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an amerikalik ishbilarmonlar bilan ham uchrashuv o’tkazib ularni Turkiyaga investitsiya kiritishga chaqiradi. 26-sentabr haftaning chorshanba kuni esa Nyu-Yorkdan Germaniya poytaxti Berlinga qarab yo’l oladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar