Turkiya “Mangxut” to’fonidan jabrlangan Filippinga hamdardlik bildirdi

“Filippin shimoliga yopirilgan “Mangxut” to’foni oqibatida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan iztirobdamiz. Halok bo’lganlarning yaqinlariga va Filippin xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz",-deyiladi ta'ziyanomada.

1053297
Turkiya “Mangxut” to’fonidan jabrlangan Filippinga hamdardlik bildirdi

Turkiya shanba kuni Filippin shimolida sodir bo’lgan “Mangxut” to’fonida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Filippin xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Filippin shimoliga yopirilgan “Mangxut” to’foni oqibatida ro’y bergan sel va tuproq ko’chkilarida ko’plab insonlarning halok bo’lganligidan iztirobdamiz. Halok bo’lganlarning yaqinlariga va Filippin xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishidan umidvormiz”,-deyiladi ta’ziyanomada.

Avvalroq, Filippin politsiyasi to’fonda 70 kishi bedarak yo’qolganligini, 71 kishi turli jarohatlar olganligini, mahalliy matbuotda yoritilgan xabarlarda esa, to’fon oqibatida qurbonlar soni 81 kishiga yetganligini ma’lum qilgandi.

Gavaidagi mushtarak to’fonga qarshi ogohlantiruv markazi ma’lum qilishicha, Tinch okeani shimolida yuzaga kelgan to’fonning shamol tezligi 255 km/soat tezlikka ega bo'lgani sababli super-to'fon deb atalgan.

Dastlab, 255 km/soat tezlikka ega bo'lgan to’fonning tezligi uch kun oldin 100 kmgacha pasaygan holda Filippindagi kuchini yo’qotgan edi va Xitoy janubi va Gong Konggacha yetib borgandi.

 



Aloqador xabarlar