Turkiyaning tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashi davom etmoqda. Shu doirada noqonuniy yo’llar orqali Turkiyadan Bolgariyaga o’tishga harakat qilgan chet elliklar qo’lga tushdi.

1051542
Turkiyaning tartibsiz migratsiyaga qarshi kurashi davom etmoqda

Turkiyaning Kirklareli viloyatida, noqonuniy yo’llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan 84 kishi qo’lga tushdi.

Viloyat Jandarmeriya qo’mondonligi xodimlari Demirkoy, Kofchaz va Babaeski tumanlari bilan Bolgariyaga elitguvchi Derekoy chegara darvozasi yaqinlarida ko’pchilik chet ellikning borligi haqidagi ma’lumotga erishgan.

Xodimlar 7 boshqa mintaqada yuritgan faoliyati orqali eronlik, pokistonlik, iroqlik va afg’onistonlik jami 84 kishini qo’lga tushirgan.

Hozirda ular ma’muriy tamoyil ortidan Kirklareli Migratsiya idorasiga topshirildi.

Edirneda esa noqonuniy yo’llar orqali Yevropaga ketishga harakat qilgan nigeriyalik, falastinlik, suriyalik va afg’onistonlik 57 kishi qo’lga tushdi.

Edirne Milliy Politsiya direktorligi xodimlari Istanbul-Edirne o’rtasida yo’lovchi tashigan poyezdda Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklarning borligi haqidagi ma’lumot ustidan faoliyatga o’tdi.

Shu doirada Edirnedagi poyezd vokzaliga Turkiya vaqti bilan 23:00 da yetib kelgan poyezddan tushganlarning hujjatlari birma-bir sinchkovlik bilan tekshirildi.

Politsiya, hujjati yo’qlarni kasalxonada tibbiy tekshiruvdan o’tkazib ortidan Edirne Migratsiya idorasiga topshirdi.

 



Aloqador xabarlar