Turkiya terrorizmga qarshi kurashni davom ettirmoqda

Turkiya terrorizmga qarshi kurashni mamlakatda bo'lganidek chet elda ham davom ettirmoqda.

1052073
Turkiya terrorizmga qarshi kurashni davom ettirmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan mintaqasidagi terroristlarga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Oqibatida PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra bugun Iroqning shimolidagi Avashin-Basyan mintaqasidagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirilgan.

Amaliyotda harbiy bazalarga qarshi hujum qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotganligi aniqlangan PKK terror tashkilotining 5 nafar qurolli a’zosi yo’q qilindi.



Aloqador xabarlar