AQSh Mudofaa Vaziri Jim Mattis, Turkiya bilan yaqin hamkorlik davom etmoqda dedi

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Mudofaa Vaziri Jim Mattis, Turkiya bilan,Suriyaning Munbichi hududi bilan bir qatorda ko’plab mavzuda  yaqin hamkorlik va bu mintaqadagi mushtarak  patrullar yaqinda boshlashidan aminman deb qayd etdi.

1039468

Mattis, Pentagonda, Bosh shtat rahbari Qo’shin generali Joseph Dunford bilan qo’shma matbuot anjuman uyushtirdi.

Mattis, Turkiya bilan aloqali bir savolga bergan javobda Anqara bilan ko’plab mavzuda yaqin hamkorliklardan bahs etib, shunday deb qayd etdi:

“ Turkiya  bilan ko’plab mavzuda barobar faoliyat olib bormoqdamiz. Turk  Mudofaa vaziri bilan kecha telefon orqali uchrashdi. Juda samimiy muzokaralar qildik. Munbichdagi vaziyat bilan bir qatorda oldimizdagi masalalar ustida faoliyat qilmoqdamiz. Ta’lim materiallari Anqaraga yetib bordi. (Turk tomoni bilan olib boradigan) patrulni mumkin qiladigan jarayon yaqin. Yaqin kelajakda bu patrullarni  amalga oshiramiz, bundan aminman. Bunday mavzularda Turkiya bilan birgalikda faoliyat qilamiz.” Dedi.

Ayni yig’ilishda Mattis, Turkiyaning Rossiyadan sotib oladigan S-400 mudofaa raketa tizimlarini sotib olish masalasi borasida “ Bu qaror Turkiyaga oid ekanini” va “ Bu raketa tizimlarini sotib  olishi  bizlarni qayg’ulantirmoqda” deb ma’lum qildi.

AQSh Bosh shtab Rahbari Dunford ham, Munbichda mushtarak patrullar yaqinda boshlashi uchun tayyorgarliklar davom etganini anglatdi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Jim Mattis , #Hamkorlik

Aloqador xabarlar