Mavlud Chavushog’li:“AQShni do’stona munosabatlarimizga hurmat ko'rsatishga chaqiramiz"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li poytaxt Ankarada 10-Elchilar konferensiyasining ochilishida ma’ruza qildi.

1031382
Mavlud Chavushog’li:“AQShni do’stona munosabatlarimizga hurmat ko'rsatishga chaqiramiz"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li har qanday inqirozga qaramay, Turkiya hamon dunyoda investitsiya kiritish eng jozib bo’lgan davlatlardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Mavlud Chavushog’li poytaxt Ankarada 10-Elchilar konferensiyasining ochilishida ma’ruza qildi.

U ma’ruzasida Turkiya milliy valyuta kursining dollarga nisbatan rekord darajada pasayishi ortidagi AQShning iqtisodiy urushiga e’tibor qaratdi.

Mavlud Chavushog’li: “AQShni an’anaviy do’stona munosabatlarimizga va NATO ittifoqdoshchiligimizga sodiq bo’lishga chaqiramiz. AQSh tazyiqlar bilan o’z maqsadiga erisha olmasligini bilishi kerak. O’zaro diplomatik kelishuvga rozimiz, lekin tazyiqlarga bo’yin egmaymiz”,-dedi.

“AQSh hukumati ijobiy munosabatdan yiroq. Fathulloh Gulen harakatiga qarshi aniq qadam tashlamadilar. Ular 15 iyul voqealarining orqasida FETOning qo’li borligini yaxshi biladi. Bizdan hujjatlarni talab qildi, biz hammasini topshirdik. FETO yetakchisi Pensilvaniyada bemalol yashamoqda. Bu AQShga yarashmaydi. AQShning nafaqat Turkiyaga nisbatan, balki butun dunyoga nisbatan munosabati yaxshi emas. Biz AQShdan do’stona munosabatlarimizga va NATO ittifoqdoshchiligimizga sodiq bo’lishini talab qilamiz. AQSh ichki siyosatda ham inqirozga yuz tutmoqda”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

Turkiya AQSh bilan munosabatlarini yaxshilash uchun zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajarganligini tilga olgan Mavlud Chavushog’li: “Tazyiqlar bilan bir joyga borib bo’lmaydi. AQSh sanksiyalar bilan maqsadiga erisha olmasligini bilishi kerak”,-dedi.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya munosabatlariga to’xtalgan Mavlud Chavushog’li: “Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o’rtasidagi viza masalasi hal bo’lishini kutib qolamiz. Yevropada biz ham mezbon bo’lib hisoblanamiz. Yevropa bizning ham oilamizdir”,-dedi.



Aloqador xabarlar