Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklar qo’lga tushdi

Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirib, yana noqonuniy yo'llar orqali chet elga ketishga harakat qilgan chet elliklar qo’lga tushdi.

1027512
Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirgan chet elliklar qo’lga tushdi

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumanida noqonuniy yo’llar orqali Gretsiyaning Lesbos oroliga o’tishga harakat qilgan 45 nafar Afg’oniston fuqarosi qo’lga tushdi.

Ayvajik Jandarmeriya qo’mondonligi xodimlari Bahramqal’a qishlog’ida, vaziyatidan shubhalangan bir mikroavtobusni kuzatuvga oldi.  

Mikroavtobus yo’lovchilarni qadimiy portda tushirar-tushirmas xodimlar 45 kishini qo’lga tushirdi. Ayni vaqtda mikroavtobus haydovchisi ham nazorat ostiga olindi.   

Aytib o’tish joizki qo’lga tushirilgan Afg’oniston fuqarolari orasida ayollar va yosh bolalarning ham borligi aniqlandi. Undan tashqari ular vositaga o’rindiqsiz mindirilgan, to’g’rirog’i avtobusdagi o’rindiqlar so’kib tashlangan vaziyatda yo’lovchi tashilgan.

Ayvajik Jandarmeriya qo’mondonligidagi protsedura ortidan chet elliklar tumandagi "chet elliklarni o’z yurtiga qaytarib yuborish" markaziga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #noqonuniy yo'llar , #Ayvajik

Aloqador xabarlar