TQK tomonidan PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyada bugun amalga oshirilgan amaliyot natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo’q qilindi.

1026398
TQK tomonidan PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Turkiyaning Tunjeli viloyatining O’vajik tumani qishlog’ida bugun amalga oshirilgan amaliyot natijasida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo’q qilindi.

Tunjeli viloyat jandarmeriya qo’mondonligi tomonidan O’vajik tumani qishlog’ida amaliyot o’lib borildi.  

Amaliyot chog’ida kelib chiqqan to’qnashuvda 6 terrorist yo’q qilindi. Yo’q qilinganlardan birining “qidiruvdagi terroristlar” ro’yhatining to’q sariq kategoriyasida o’rin olgan terroristlardan biri ekanligi ma’lum bo’ldi.

To’q sariq kategoriyasidagi terroristning 2016-yilning mart oyida O’vajik tumani qishlog’ida 2 nafar jandarmeriya xodimining tan jarohat olishi va 2013-yilning avgust oyida bir kishining o’ldirilishi haqidagi voqeada ishtirok etganligi aniqlandi.



Aloqador xabarlar