Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an AQShdan o’ch olishini bildirdi

“Bugun kerakli vazirliklarga buyruq berdim. Biz ham AQShning adliya va ichki ishlar vazirlarining Turkiyadagi barcha aktivlarini muzlatamiz”,-dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an.

1025830
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an AQShdan o’ch olishini bildirdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va adliya vaziri Abdulhamid Gulga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etgan AQShdan o’ch olishini bildirdi.

“Bugun kerakli vazirliklarga buyruq berdim. Biz ham AQShning adliya va ichki ishlar vazirlarining Turkiyadagi barcha aktivlarini muzlatamiz”,-dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an.

Erdo'g'an Ankarada Adolat va rivojlanish partiyasining ayollar ishtirokidagi 5-favqulodda qurultoyida so’zga chiqib, “Tahdid va sanksiyalar bilan Turkiyani qaroridan voz kechirishga harakat qilganlar hali bu davlatni va bu xalqni hech tanimabdi”,-dedi.

Erdo'g'an AQSh tomonidan tashlangan bunday qadamni Turkiyaga nisbatan jiddiy hurmatsizlik deb baholadi.

AQShning amerikalik rohib Endryu Branson ishi bo’yicha tashlagan qadami strategik hamkorlikka yarashmasligini tilga olgan Erdo’g’an: “AQSh bu qadam bilan aslida Turkiyaga nisbatan katta hurmatsizlik qildi. Turkiya adliya va ichki ishlar vazirining AQShdagi aktivlarini muzlatib qo'yish haqidagi qaror mantiqsizdir. Tramp boshqalarining o’yiniga uchdi”,-dedi.

“Diplomatik faoliyatlar faol davom etmoqda. Yaqinda o’rtadagi ixtilof mavzularining katta qismi bo’yicha kelishib olamiz degan umiddaman. Biz siyosiy o’yinlarga aralashishni istamaymiz. Siyosiy va adliy muammolar iqtisodiy hamkorlikka ta’sir ko’rsatsa, bundan ikki tomon ham zarar ko’radi”,-dedi Turkiya prezidenti.

Eslatma: Amerikalik rohib Branson 2016 yildan buyon Turkiyada hibsda saqlanmoqda, u yaqinda uy qamog’iga olindi. Branson AQShda yashovchi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda ayblanmoqda.



Aloqador xabarlar