Turkiyaning Hakkari viloyati Yuksekova tumanida politsiya xodimi terror qurboni bo'ldi

Politsiya xodimlarini olib ketayotgan zirhli mashina Cho’banpinar Meshkan tepa hududidan qaytib kelayotgan paytda yo’lga joylashtirilgan bomba portlatilgan.

1025712
Turkiyaning Hakkari viloyati Yuksekova tumanida politsiya xodimi terror qurboni bo'ldi

Turkiyaning Hakkari viloyati Yuksekova tumanida politsiya xodimi terror tashkiloti PKKga a’zo jangarilar tomonidan o’ldirildi.

Politsiya xodimlarini olib ketayotgan zirhli mashina Cho’banpinar Meshkan tepa hududidan qaytib kelayotgan paytda yo’lga joylashtirilgan bomba portlatilgan.

Portlashda 9 nafar politsiya xodimi yaralangan, bulardan bir nafarining ahvoli og’ir bo’lgan.

Og’ir ahvolda bo’lgan politsiya xodimi bugun Yuksekova Davlat shifoxonasida olamdan o’tgan.


Tanlangan kalimalar: #Hakkari , #Turkiya , #politsiya

Aloqador xabarlar