Turkiya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirdi

Turkiyaning Izmir shahri Dikili va Seferihisar tumanida o’tkazilgan reydlarda dengiz orqali noqonuniy yo’llar bilan Yunonistonga o’tishga uringan jami 125 nafar muhojir qo’lga tushdi.

1018503

Balon qayiqlar vositasida Dikili tumani hududlaridan yo’lga chiqqan muhojirlar sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan to’xtatilgan.

Muhojirlar orasida 26 nafari O’rta Afrika, 9 nafari Kongo, 3 nafari Iroq, 3 nafari Gambiya, 2 nafari Suriya va 2 nafari Gabon fuqarosi bo’lib, jami 45 muhojir qo’lga tushgan.

O’sha territoriyada o’tkazilgan navbatdagi reydlarda esa, 10 nafari Iroq, 9 nafari Suriya, 8 nafari Afg’oniston, 4 nafari Somali, 4 nafari O’rta Afrikadan bo’lgan va 1 nafari Mali fuqarosi bo’lgan jami 36 muhojir qo’lga tushdi.

Shuningdek, Karaburun tumani sohilida o’tkazilgan reydlarda esa, mobil radar vositasida balon qayiqlarda bir to’da inson dengizda ketayotganligi aniqlandi.

Sohil xavfsizlik guruhlari tomonidan to’xtatilgan balon qayiqda 28 nafari Suriya, 13 nafari Falastin va 3 nafari Gana fuqarosi bo’lib, jami 44 muhojir qo’lga tushirildi.

Qo’lga tushgan muhojirlar Migratsiya boshqarmasi idorasiga olib ketildi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #migratsiya , #kurash , #noqonuniy

Aloqador xabarlar