Turkiya prezidenti Erdo’g’an NATO sammiti doirasida bir qator yetakchilar bilan uchrashadi

Erdo’g’an bugun Brusselda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, Bolgariya prezidenti Radev, Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani va Yunoniston bosh vaziri Chipras bilan uchrashadi.

1011025
Turkiya prezidenti Erdo’g’an NATO sammiti doirasida bir qator yetakchilar bilan uchrashadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Brusseldagi NATO sammiti doirasida bir qator yetakchilar bilan uchrashadi.

Jumladan, Erdo’g’an bugun NATO davlat va hukumat rahbarlari yig’ilishida ishtirok etadi, so’ngra Italiya bosh vaziri Giusseppe Conteni qabul qiladi.

Bundan tashqari, Erdo’g’an bugun sammit doirasida Afg’onistonga bag’ishlangan anjumanda ham ishtirok etadi.

So’ngra, Erdo’g’an Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko va Bolgariya prezidenti Radev bilan ham uchrashuv o’tkazadi.

Bugun tushdan keyin Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani bilan uchrashadigan Erdo’g’an Yunoniston bosh vaziri Chipras bilan uchrashuv o’tkazishi rejalangan.

Erdo’g’an NATO sammiti yakunlanishi bilan bugun oqshom Turkiyaga qaytadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar