Prezident Erdo'g'an Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisida ont ichdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisida ont ichdi.

1009054
Prezident Erdo'g'an Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisida ont ichdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisida ont ichdi.

Bu orqali Turkiyada Parlament tizimi o’z nihoyasiga yetib, Prezidentlik tizimi rasmiy ravishda boshlatilgan bo’ldi.

Shu yilning 24-iyuni kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida 26 million 330 ming 823 ovoz bilan g’alabaga erishgan Prezident Erdo'g’an TBMMda uyushtirilgan “Ont ichish marosimi” ortidan Respublikaning asoschisi Otaturkning qabri o’rin olgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga qarab yo’l oldi.  

Prezidentlik qarorgohida esa bugun oqshom “Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi” o’tkaziladi.

Aytib o’tish joizki mazkur marosimda chet ellik davlat, hukumat, majlis va hay’at rahbarlari bilan birga Turkiyaning turli qatlami vakillari nomidan taklif qilingan mehmonlar ishtirok etadi.

Shu doirada Bolgariya Prezidenti Rumen Radev, Gruziya Prezidenti Giorgi Margvelashvili, Makedoniya Prezidenti Gjorge Ivanov, Moldova Prezidenti Igor Dodon, Bosniya - Gertsegovinadagi prezidentlik kengashi raisi Bakir Izetbegovich, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Kosovo Prezidenti Hashim Tachi, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Soniy, Pokiston Prezidenti Mamnun Husayin, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji, Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Sudan Prezidenti O’mer al-Bashir, Gvineya Prezidenti Alpha Konde, Zambiya Prezidenti Edgar Lungu, Gvineya-Bisau Prezidenti Jose Mario Vaz, Ekvatorial Gvineya Prezidenti Teodoro Obiang, Somali Prezidenti Muhammad Abdulloh Muhammad Farmajo, Mavritaniya Prezidenti Muhammad Ould Abdal Aziz, Gabon Prezidenti Ali Bongo Ondimba, Chad Prezidenti Idriss Deby Itno, Jibuti Prezidenti Ismoil O’mar Guelloh, Venesuela Davlat rahbari Nikolas Maduro Turkiyaga tashrif buyurdi.

Marosim ortidan Prezident Erdo'g’an mehmonlari davlat, hukumat va majlis rahbarlariga kechki ovqat paytida ziyofati beradi.

 

 

 



Aloqador xabarlar