Turkiya Isroilni Falastindagi noqonuniy faoliyatlari tufayli qoraladi

“Isroil ishg’ol qilgan Falastin hududlaridagi Abu Nevvar badaviy jamiyatiga oid uylarnng buzilishini va Xon al-Axmar badaviy jamiyati yashagan joylarda ham uylarning buzilayotganligini qattiq qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1006879
Turkiya Isroilni Falastindagi noqonuniy faoliyatlari tufayli qoraladi

Turkiya hukumati Isroilning ishg’oli ostida bo’lgan Falastin hududlarida Abu Nevvar badaviy jamiyatiga oid uylarning buzilishini qoraladi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Isroil ishg’ol qilgan Falastin hududlaridagi Abu Nevvar badaviy jamiyatiga oid uylarnng buzilishini va Xon al-Axmar badaviy jamiyati yashagan joylarda ham uylarning buzilayotganligini qattiq qoralaymiz”,-deyiladi bayonotda.

“Isroil maqomlari tomonidan yuritilgan bu faoliyat mustaqil Falastin davlatiga bo’lgan ko’z-qarashni tahlika ostiga qo’yadi. Isroil mintaqada taranglikni avj oldirgan va ikki davlatli yechim jarayoniga zarar bergan noqonuniy faoliyatlarini darhol to’xtatishi zarur”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: Sharqiy Qudsdagi devorning G’arbiy Sheriya tomonida qolgan qismida joylashgan Xon al-Axmar va Abu Nevvar badaviy jamiyatiga tomon ketgan yo’llarni to’sib tashlagan Isroil askarlari Abu Nevvardagi 40 ta uyni buzdirib tashlagan edi.

Bunga qarshilik ko’rsatgan falastinlik aholiga kuch ishlatgan Isroil askarlari ko’pchilikni kaltakladi va ba’zilarini qo’lga olgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar