Rossiya prezidenti Vladimir Putin Erdo’g’anni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi.

999422
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Erdo’g’anni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 iyunda bo’lib o’tgan saylovdagi g’alabasi munosabati bilan Erdo’g’anni tabrikladi.

Suhbatda ikki yetakchi Turkiya-Rossiya o’rtasidagi munosabatni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini tilga oldilar.

Shuningdek, Turkiya va Rossiya hamkorlikda Suriya va boshqa mintaqaviy masalalar bo’yicha ish olib borishining ahamiyatiga to’xtaldilar.

Vladimir Putin avvalroq ham takror prezident etib saylangan Erdo’g’anni telegramma orqali tabriklagan edi.

Putin Erdo’g’anga yo’llagan telegrammada saylov natijasi Turkiyaning dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi tashabbuslariga va mamlakatning tashqi siyosatdagi pozitsiyasini mustahkamlash uchun Erdo’g’an yetakchiligida olib borilayotgan siyosatlarga ko’rsatilgan qo’llab quvvatlovning isboti ekanligi ma’lum qilingandi.

 

 



Aloqador xabarlar