Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an saylovda ovoz berdi

“Saylovda davomat yaxshi. Turkiya miqyosida olgan ma’lumotim shuni ko’rsatadi”,-dedi prezident Erdo’g’an.

998462
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an saylovda ovoz berdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an prezident saylovi va parlament saylovi munosabati bilan Istanbulning Uskudar dahasidagi “Saffet Chebi” nomli o’rta maktabda ovoz berdi.

“Saylovda davomat yaxshi. Turkiya miqyosida olgan ma’lumotim shuni ko’rsatadi”,-dedi prezident Erdo’g’an.

“Turkiyada prezidentlik boshqaruv tizimi joriy etilishi bilan mamlakatimiz zamonaviy madaniyatlar saviyasiga chiqadi”,-degan Erdo’g’an saylov natijalarining bir qismini Istanbulda, bir qismini Ankarada kuzatib borishini ma’lum qildi.

Erdo’g’an saylov jarayoni bilan bog’liq xozirgacha biron muammo kuzatilmaganligini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar