F-35 urush uchog'i ertaga Turkiyaga topshirilmoqchi

Pentagon ikkita F-35 uchog’ining payshanba kuni Teksas shtatiga qarashli Fort Worth shahrida uyushtiriladigan marosim bilan Turkiyaga topshirilajagini ma’lum qildi.

995590
F-35 urush uchog'i ertaga Turkiyaga topshirilmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Mudofaa vazirligi (Pentagon) F-35 rusumidagi ikkita uchoqning payshanba kuni Teksas shtatiga qarashli Fort Worth shahrida uyushtiriladigan marosim bilan Turkiyaga topshirilajagini ma’lum qildi.

Pentagon voizi Mike Andrews 21-iyun kuni Fort Worthda Turkiya uchun ochilish marosimi uyushtirilajagini va uchoqlarning eng avvalo Arizonadagi Luke Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligi bazasiga o’tishini, Turk F-35 uchuvchilarining yaqinda uchish mashg’ulotlarini boshlashini qayd etdi.  

Mudofaa vazirligining, Senatning Turkiyaga F-35 urush uchog’i sotishiga to’siqlik qilgan qaror loyihasi haqida bayonot bermasligini ham eslatgan Andrews,

“Turkiya, NATOning eng muhim ittifoqchilaridan biridir. Shuningdek, 2002-yildan beri F-35 dasturining xalqaro ishtirokchilaridan hisoblanadi” deya gapirdi.

AQSh senati qabul qilgan qarorning yo’lga qo’yilishi uchun vakillar majlisidan o’tib, Prezident Donald Trump tomonidan tasdiqlanishi kerak.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #F-35 , #Turkiya

Aloqador xabarlar