Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari prezident saylovlari uchun ovoz bermoqda

Gruziyada yashagan turklar Turkiyaning Gruziyadagi elchixonasi va Batumdagi konsullik idorasida mahalliy vaqt bilan soat 09:00dan e’tiboran ovoz bera boshladilar.

993726
Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari prezident saylovlari uchun ovoz bermoqda
yurtdisi oy kullanma.jpg

Xorijda yashagan Turkiya fuqarolari 24 iyunda mamlakatda bo’lib o’tadigan prezident saylovlari va parlament saylovlari uchun ovoz bera boshladi.

Jumladan, Gruziyada yashagan turklar Turkiyaning Gruziyadagi elchixonasi va Batumdagi konsullik idorasida mahalliy vaqt bilan soat 09:00dan e’tiboran ovoz bera boshladilar.

Turkiyaning Gruziyadagi favqulodda va muhtor elchisi Fatma Jeren Yazgan ma’lum qilishicha, Turkiya-Gruziya chegarasida ham saylov uchastkalari tashkil qilingan. Saylovchilar Sarp chegara postidan o’tayotganda ham ovoz berishlari mumkin.

Turkiyaning Gruziyadagi elchixonasi va Batumdagi konsullik idorasida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 21:00gacha davom etadi.

O’zbekistonda yashagan Turkiya fuqarolari ham bugun Toshkentdagi Turkiya elchixonasiga borib ovoz bermoqda.

Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 09:00dan-21:00gacha davom etadi.

Ozarbayjonda ham Turkiya elchixonasida saylov uchastkasi tashkil qilindi. Shuningdek, Nahchivan va Genjedagi konsullik idoralarida ham mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ovoz berish jarayoni boshlandi.

Ozarbayjonda 5209 saylovchi ro’yxatdan o’tgan bo’lib, ular Turkiya vaqti bilan soat 20:00gacha ovoz bera oladilar.

Kanadada yashagan turk saylovchilar poytaxt Ottava hamda Toronto, Montreal, Vancouver shaharlarida tashkil qilingan saylov uchastkalariga borib ovoz bera boshladilar.

U yerda ovoz berish jarayoni 16-17 va 18-iyun kunlari mahalliy vaqt bilan soat 09:00dan 21:00gacha davom etadi.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda va bojxonalarda 7 iyunda boshlangan ovoz berish jarayoni 19 iyunda, chegara postlarida esa 24 iyunda o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar