Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan muloqot...

Erdo'g'an ikki xususiy televideniyeda efirga uzatilgan hamkorlikdagi ko'rsatuvda savollarga javob berdi.

984317
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan muloqot...

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Yevropa davlatlari demokratiya bo'yicha Turkiyaga teng munosabatda bo'lmaganligini ma'lum qildi.

Erdo'g'an ikki xususiy televideniyeda efirga uzatilgan ko'rsatuvda savollarga javob berdi.

"Xozirda biz Yevropa Ittifoqiga nisbatan zimmamizda turgan barcha vazifalarni to'la-to'kis a'do etyabmiz. Faqat, Yevropa Ittifoqi zimmasidagi majburiyatlarni bajarmayotir. Biz yaxshi niyatimiz bilan bu ishni davom ettiramiz va tashabbuslarimizni to'xtatmaymiz. Turkiyaga nisbatan yaxshi niyati bo'lsa buni ko'rsatishi kerak. Aks holda, biz yechimga chora qidiramiz. Bu yechim yo'li mutlaqo Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish degani emas",-dedi Turkiya prezidenti.

"Qurolli uchuvchisiz havo vositasiga (SIHA) ega bo'lgan dunyoda 6 davlatdan birimiz",-deya ta'kidlagan Erdo'g'an Turkiyaning milliy bombasini ishlab chiqaradigan darajaga yetganligini bildirdi.

Chegara ortida terrorizmga qarshi kurash bo'yicha yana harbiy amaliyot boshlanishi haqidagi savolga javoban Erdo'g'an: "Kerak bo'lsa kechirmaymiz. Hech kimdan ruxsat ham olmaymiz. Xoh Suriya bo'lsin, xoh Iroq bo'lsin. Mamlakatimizga tahdid solishlariga jim qarab tura olmaymiz",-dedi.

Erdo'g'an mahalliy avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasining ijro direktorining kim ekanligi ma'lum ekanligini tilga oldi.

"Biz 2021 yilda tokli va aqilli haydash texnologiyasiga ega bo'lgan avtomobil ishlab chiqaramiz. Men 5 ta sardor tanladim va bir mushtarak kompaniya tashkil qildilar. Unga rahbar sifatida Mehmet Gurjan Karakashni tayinladi. Bosch kompaniyasidan bu yerga o'tdi. Bu do'stimiz bilan hamkorlikni bu jarayonni yo'lga qo'yamiz",-dedi Turkiya prezidenti.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rajap Tayyip Erdo’g’an

Aloqador xabarlar