Germaniyada yashagan turklar Yunoniston konsullik boshqarmasi binosi oldida namoyish o'tkazdi

Namoyishda Yunonistonda Fathulloh Gulen harakati (FETO) a’zolariga boshpana berilganligi qoralandi.

983614
Germaniyada yashagan turklar Yunoniston konsullik boshqarmasi binosi oldida namoyish o'tkazdi

Yunonistonda Fathulloh Gulen harakati (FETO) a’zolariga boshpana berilganligi Germaniyaning Dusseldorf shahridagi Yunoniston konsullik boshqarmasi binosi oldida qoralandi.

Qo’lida turk bayroqlari bilan konsullik binosi oldida to’plangan namoyishchilar “To’ntaruvchilarga yordam berganlarga la’nat bo’lsin!” deb yozilgan qora gulchambar qo’ydi.

Namoyishni uyushtirgan “Turkiya shaydolari Vuppertal” nomli tashkilot nomidan so’zga chiqqan Murat Gunesh: “Yunoniston bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalari o’rnatilishi tarafdorimiz, biroq isyonchilarga quchoq ochishini aslo qabul qilmaymiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar