Turkiya va Rossiyaning mushtarak loyihasi "Turk oqimi"...

Rossiya gazini Turkiyaga, Turkiya orqali esa Yevropaga yetkazadigan Turk oqimi loyihasi har biri 15.75 mlrd kub metr hajmiga ega bo’lgan ikki liniyadan tashkil topadi.

982856
Turkiya va Rossiyaning mushtarak loyihasi "Turk oqimi"...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin poytaxt Moskvada Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasi muhokama qilindi.

Ikki yetakchi uchrashuvdan so’ng, matbuotga brifing berdi.

Putin Turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmoq loyihasining Yevropa yo’nalishidagi liniyasi haqida Turkiya bilan to’xtovsiz fikr almashib borganligini ma’lum qildi.

“Loyihada Yevropaga tomon ketgan liniyaning yo’nalishi xususida turk hamkorlarimiz bilan to’xtovsiz maslahatlashyabmiz. Bolgariya ham bu yo’nalishdagi alternativalardan biridir. Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an ham avvalgi kuni telefondagi muloqotimizda buni ma’qulladi. Turk va bolgar do’stlarimiz bilan bu masala yuzasidan aniq ish olib boryabmiz”,-dedi Vladimir Putin.

Ta’kidlanishicha, Turk oqimi loyihasi orqali Yevropaga yetkaziladigan tabiiy gaz bilan bog’liq boshqa xususlar chorraxalardagi vaziyatga bog’liq.

“Bu jarayon Yevropa bozoriga energiya manbalari yetkaziladigan barcha liniyalarning umumiy vaziyatiga bog’liq. Ukraina orqali gaz olib o’tish yoki Shimoliy Oqim-2 loyihasi bilan bog’liq masalalar hamon kun tartibda turibdi”,-dedi Putin.

Borisov ham Turk oqimi loyihasida ikkinchi liniya Bolgariyadan o’tishidan umidvorligini tilga olib, “Putin Erdo’g’an bilan bo’lgan uchrashuvida Turk oqimining Bolgariyaga ham cho’zilishi haqidagi fikrga hech kim e’tiroz bildirmaganligini aytdi”,-dedi.

Rossiya gazini Turkiyaga, Turkiya orqali esa Yevropaga yetkazadigan Turk oqimi loyihasi har biri 15.75 mlrd kub metr hajmiga ega bo’lgan ikki liniyadan tashkil topadi.

Loyihada ikkinchi liniya o’tadigan chorraxalar orasida Yunoniston yoki Bolgariya ham joy olishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Turk oqimi loyihasi

Aloqador xabarlar