Chavusho'g'li F-35 va Manbij masalasini baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Suriyaning Manbij shahri masalasi ustidan amalga oshirilgan oxirgi uchrashuv va F-35 urush uchoqlarini xarid qilib olish haqidagi kamchiliklarni baholadi.

982495
Chavusho'g'li F-35 va Manbij masalasini baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Suriyaning Manbij shahri masalasi ustidan amalga oshirilgan oxirgi uchrashuv va F-35 urush uchoqlarini xarid qilib olish haqidagi kamchiliklarni baholadi.

Germaniyaga bo’lgan tashrifidan qaytar chog’ida shu haqida bayonot bergan Mevlut Chavusho’g’li, 4-iyun kuni AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Vashingtonda uchrashuv o’tkazajaklarini eslatdi.

AQSh tomonidan Suriyaning Manbij shahriga PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti a’zolarining joylashtirilishi ortidan Turkiya bilan AQSh o’rtasida paydo bo’lgan muammoni hal qilish niyatida uyushtirilgan muzokara jarayoniga to’xtalgan Chavusho’g’li mazkur muzokaralar natijasida mintaqadagi terroristlarning oqibatining belgilab olinishini qayd etdi.

AQSh DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurash ortidan YPG/ PYD terror tashkilotining shaharni tark etishi haqida bergan va’dalarining ustidan chiqmagudek bo’lsa Turkiyaning mintaqada amaliyot boshlatishi mumkiniligini qayd etgan Mevlut Chavusho’g’li,

“Manbij borasida qolgan joyimizdan davom etamiz” dedi.

Pompeoning kelishuvga sodiq qolajaklari haqida bayonoti borligini eslatgan Chavusho’g’li,

“AQShning sobiq Davlat kotibi Rex Tillerson vazifasidan ketmaganida edi Manbij haqida tayyorlangan yo’l xaritasini tasdiqlar edik” dedi.

Yo’l xaritasining aniqlanganligini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Bu yo’l xaritasida konkret qadamlar tashalanadi. Shu doirada YPG Manbijdan chiqariladi. Ular o’rniga kimlarning joylashtirilishiga Turkiya bilan AQSh birgalikda qaror beradi. YPGning mintaqani tark etishini biz nazorat qilamiz. Manbijning hududiy yaxlitligi biz uchun muhim” deya gapirdi.

Terroristlar Manbijdan chiqarilganidan keyin rejalar Chavusho’g’li va Pompeoning tasdiqi bilan kuchga kiradi.

Eng avvalo mintaqada xavfsizlikni Turkiya ta’minlaydi. Manbijda muvaffaqiyatga erishilgudek bo’lsa Manbij modeli Suriyaning shimoliga yoyiladi.  

AQShdan olinadigan F-35 urush uchoqlari borasidagi shartnomada kamchiliklar bormi degan savolga Chavusho’g’li, “AQSh boshqaruvining bu borada salbiy yo’ndashuvi yo’q” deb javob berdi.

Mevlut Chavusho’g’li bu borada shuningdek,

“Shaxsan mening ko’nglim to’q. Chunki bu bir shartnoma. Pullari to’langan, keng ko’lamli shartnoma. Shartnomaga ko’ra birgalikda mahsulot bo’lakchalari ham ishlab chiqariladi. Bugungacha to’lovlarimizni ham o’z vaqtida to’ladik. Bu shartnoma Rossiyadan olinadigan S-400 mudofaa tizimlari yoki Turkiyaning boshqa shartnomalariga bog’liq emas. Tomonlardan birining bugun kayfiyatim yo’q, men o’ynamayman deydigan shartnomasi emas, yuridik majburiyatlari bor” degan ifodalarga o’rin berdi.

 



Aloqador xabarlar