Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya va Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, energiya va Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

981424
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qildi.

Bu haqda prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat chog’ida Turkiya va Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, energiya va Suriyadagi vaziyat muhokama qilindi.

Ikki yetakchi Suriyada siyosiy jarayonni yo’lga qo’yish uchun Astana sammitida qo’lga kiritilgan yutuqlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Siyosiy jarayonning BMT doirasida amalga oshirilishi uchun rejim va muxolifatning o’zaro murosa qilishi kerakligini ma’lum qilgan prezidentlar Suriyaning hududiy yaxlitligining ahamiyatiga to’xtaldilar.

Erdo’g’an Suriya bilan bog’liq siyosiy jarayonda terror tashkiloti PKK/PYD-YPG kabi terror guruhlariga o’rin bermaslik kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Ikki yetakchining ta’kidlashicha, Suriya Eron bilan Isroil o’rtasida jang maydoniga aylanmasligi kerak.

Bundan tashqari, suhbatda Akkuyu atom stansiyasi loyihasi va Turk oqimi tabiiy gaz quvur tarmog’i loyihasiga doir faoliyatlar mamnuniyat baxsh etganligi ifoda etildi.

Erdo’g’an va Putin tobora rivojlanib borayotgan o’zaro iqtisodiy munosabatlarda mahalliy pul birligidan foydalanishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

 

 



Aloqador xabarlar